Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirkor manfaatiga xizmat qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2017 yil 24 iyun kuni tasdiqlangan adliya organlari va muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha 2017 yil II yarim yillikka mo‘ljallagan dastur ijrosini ta'minlash yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasining mas'ul xodimlari tomonidan 2017 yil 29 iyun kuni Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmasida tadbirkorlik sub'yektlarini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan mas'ul xodimlar ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati, tadbirkorlik sub'yektlarida tekshirishlar o‘tkazish tartibi, tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shaklini to‘ldirishdagi muhim jihatlar, nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tekshirishlar tartibini buzish bo‘yicha sodir etilayotgan qonunbuzilishi holatlari haqida to‘xtalib, bu kabi holatlarni sodir etmaslik uchun yig‘ilganlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
09:04 / 18.07.2025
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
08:02 / 23.11.2023
Profilaktika inspektorlarini tayinlash jarayoni o‘zgartirilmoqda
09:59 / 31.05.2023