Jamiyat | 14:02 / 01.07.2017
21536
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Moskvada yashin urishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Avval xabar berilganidek, Moskva shahriga 30 iyun kuni kuchli bo‘ron yopirildi. Noqulay ob-havo tufayli 6 kishi jabrlandi.

RIA Novosti’ning Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaga asosan xabar berishicha, ushbu mintaqada uch kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, Yangi Moskvada yashin migrantlar guruhiga kelib urilgan. Favqulodda hodisa joyida O‘zbekistonning 42 yoshli fuqarosi halok bo‘ldi, uning sherigi, Tojikistonning 49 yoshli fuqarosi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga olib kelindi, u ham keyinchalik hayotdan ko‘z yumgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid