Tun allamahal bölganida Sami boboning darvozasi taqillab oromi buzildi. Bu paytda kim böldi ekan, deya otaxon örnidan turib eşik tomon yursa, öğli Salimjonning ovozi eşitildi.
- Dada, uxlamaysizmi, meni sörab kelişgan.
Otaxon oxirgi vaqtlarda öğlining kunora uyga keç kelişlaridan, ba'zida ikki kunlab kelmaydigan odat çiqarganligidan xavotirga tuşib, şunday bölsada öğlini sörab kelgan odamning kimligini biliş uçun köçaga çiqadi.
Köçaning boşida oq rangli «Damas» avtomaşinasi turibdi. Uning oldida öğli Salimjon va uç nafar notaniş yigitlar, nimanidir rejasini tuzayotgandek piçir-piçir gaplaşib ötiribdilar. Otaxon ular tomon ohista qadam taşlab borar ekan, yigitlardan biri darrov maşinaga ötirib qolgan ikki nafar şeriklariga ham darhol maşinaga ötirişlarini şubhali imlab maşinani öt oldirib, uçala notaniş yigitlar ketib qoladilar.
- Dada nimaga çiqdingiz, axir aytdimku mening örtoqlarim, erta tongda ular bilan ziyoratga boramiz. Şunga hozirdan kelişib oldik.
Öğlining ziyoratga hozirlanganini eşitgan otaxonning köngli ozgina taskin topdi-yu lekin şubhalari tarqalmadi.
...Salimjon otaxonning tilab olgan yolğiz farzandi. Yoşi öttiz beşga yetibdi hamki bu yigit uylaniş haqida gap oçilgudek bölsa, ğazabi qaynab, a'zoyi buziladi. Onasi Muborak aya 68 yoşda. Lekin hali ham qaddi egilmagan, çaqqon, rözğor işlarida tört-beş juvonni ortda qoldiradi. Tinim bilmaydi...
Erta tongda öğli uxlab yottan xonaga möralagan Sami ota uning yotoği böm-böşligini körib, sahar çoği heç kimga bildirmay çiqib ketibdi deb öylab bamaylixotir bugunga möljallagan işlarini qilişga kirişadi.
- Onasi, şu öğlingni keyingi paytlarda yuriş-turişi menga ma'qul bölmayapti. Keça tunda uni sörab kelgan örtoqlari bilan ziyoratga boradigan niyatda emasligini payqadim.
- Qöying dadasi, u ham yoş bola emas, ha deb tergayvermang. Bir amallab uylanişga köndira olsam, ajab emas xotini uni yölga solsa.
- Tunov kuni ham tongga yaqin qölida sumka bilan kirib kedi. Uxlab yotganligidan foydalanib xonasiga kiritib qöygan sumkani oçib qarasam içida ançagina pul bor ekan.
- Oylik maoşini olgandir-da dadasi.
Er-xotinning özaro suhbati çoğida yana darvoza taqillab qoldi.
- Mana öğling keldi, turib darvozani oç.
Muborak aya darvozani oçsa, taşqarida profilaktika inspektori va yana ikki nafar içki işlar idorasi xodimini körib rangi oqardi.
- Keling uçaskovoy bolam, tinçlikmi?
- Xola, bizlar öğlingiz Salimjonni qidirib keldik.
- U boyaqiş örtoqlari bilan ziyoratga boraman deb çiqib ketuvdi. Hali zamon qaytsa kerak.
- Qaysi ziyoratgohga borişini aytmadimi?
- Yöq, aytgani yöq, esim qursin özim ham söramabman.
- Mayli xola, kelganida mahallaga borişini tayinlab qöying, men uni xizmat xonamda kutaman.
Xodimlarning taşrifidan onaizorning köngli bir oz ğaş böldi...
...Salimjon bundan 6 yil muqaddam işlaş maqsadida Rossiya davlatiga borgan edi. Yaqinda keldi. U yerda ötkazgan olti yillik umrguzaronligi davomida biror xas ham orttirgan emas. Orttirgani faqatgina «kunim ötsa böldi» qabilida iş tutadigan örtoqlari böldi.
Botir, Rustam va Umar maktabda birga öqigan sinfdoş jöralar. Biror bir tayinli işi bölmagan bu uçala hamtovoq pul işlaş maqsadida Rossiya davlatiga boradilar. «Har yerni qilma orzu, har joyda bor toşu tarozu» deganlaridek, u yerda ham «uç botir» biror bir işni eplolmay quruq qöl bilan qaytib keladilar. Salimjon ham öşa yerdagi qurilişlarning birida ular bilan tanişgan. «Loyi bir joydan olingan» ekanki «uç botir»ning safi yana bittaga köpayadi.
Rossiya davlatidan qaytib kelganlaridan söng ular tez-tez uçraşib turadigan, pul işlaşning turli yöllarini qidirib tongga qadar «otamlaşib» ötiradigan odat çiqaradilar. Ana şunday kunlarning birida ularning içida yoşi kattaroq bölgan Botir ança vaqtdan buyon bir rejani uylab yurganligini aytadi.
Qişloq joylarida qarovsiz qoldirilgan, tomorqa yerlarda bir enlik arqonga işonib taşlab ketilgan qöy-qözi, qoramollarni tungi vaqtda imi-jimida öğirlab boşqa uzoqroq, begona hududdagi mol bozorlariga olib borib sotiş, tuşgan daromadni esa teng böliş. Bu şum reja Botirning oğziga qarab turgan uçala kaltafahmga ham ma'qul tuşadi.
Ular dastlabki tunni Qoraköl tumanidagi çekka qişloqlarda izğib ötkazadilar. Va nihoyat, çöl hududida qarovsiz qoldirib ketilgan bir töda çorva mollari ularning nazaridan çetda qolmadi. Botir, Salimjon va Rustam qöy qözilar qörasiga kiradilarda ularning har biri ikkitadan qöylarni yetaklab maşinaga yuklaydilar. «Damas»ning orqa örindiqlarini olib qöyib qöyxonadek hozirlab qöygan Umar şofyorlikni boplaydiganlardan. Şu tunning özida ular Romitan tumanidagi mol bozoriga boradilar va qölga kiritilgan qöylarni tong otmasdan arzongina pullaşga ham erişadilar.
Dastlabki ovi baroridan kelgan hamtovoqlar örtaga tuşgan pullarni taqsimlab tum taraqay bölişadi va keyingi «safar» oldidan uçraşuv joyini ham belgilab ketadilar. Oradan 2 kun ötib ularni yana tekin boylik orttirişning xumori tutadi. Bir biri bilan qönğiroqlaşib Jondor tumanidagi çoyxonalarning birida uçraşgan yigitlar endi şu tumandan ölja izlaşni ixtiyor etadilar.
Çoyxonadan tungi soat 23:30 larda çiqqan «ovçi»lar Jondorning Romitan tumani bilan çegaradoş çekka qişloqlari tomon yöl oladilar. Tungi soat 1 lar çamasi. Salimjon paxta ekilgan yerning çetida boğlab qöyilgan qoramolga közi tuşib Umarga maşinani töxtatişni aytadi.
Ular maşinadan tuşib atrofni kuzatadilar va heç kim yöqligidan foydalanib dalada boğlab qöyilgan mollar tomon yura boşlaydilar.
Botir bilan Salimjon ikkita qoramolni yetaklab avtomaşina tomon olib keladi. Ular harçand urinişmasin qoramollarni «Damas»ga yuklaşning uddasidan çiqa olmaydilar. Şunda ularni kuzatib turgan Rustamning xayoliga bir fikr keladi.
- Umar, maşinada piçoq bormi?
- Xa bor.
- Olib kel, sen maşinani biror pana joyga olib bor, bizlar senga qönğiroq qilgan zahoti kelasan.
Qoramollarni böynidagi arqonini yeçib ularning oyoğiga boğlab yiqitgan Rustam şu joyning özida qölidagi piçoq bilan ikkala hökizni ham söyişga erişadi. Törtovlon joni uzilgan hökizlarni maşinaga yuklab Buxoro şahri tomon yöl oladilar. Ertasi kuni ular qoramollarni şahardagi kalbasa işlab çiqaradigan sexga olib borib, sex boşliğini turli yolğonlar bilan aldab ikkala qoramolni ham u yerga topşiradilar. 356 kg göşt uçun qölga kiritilgan 6 milliondan ortiqroq pullar yana teng taqsimlanadi.
Ertasi kuni yana çoyxona, «bazmu jamşid», topilgan harom luqma ayş-işratga sarf etiladi. Har doimgidek dasturxon ustida keyingi «ov»ga hozirlik köriladi.
Rustam Romitan tumanida çekka çöl hududlarda qarovsiz qoldirib ketilgan bir neçta qöralarni köz ostiga olib qöygan. Tungi vaqtda çöponlar qöylarni şu qöralarga qamab öz uylariga kelib uxlaydilar. E'tiborsiz qoldirib ketilgan qöy qözilar öğrilikni özlari uçun kasb qilib olgan bu jinoiy guruh uçun ayni muddao böladi. Erta tong soat taxminan 4:30larda çöl hududidan ölja qidirib yurgan öğrilar odam zoti körinmaydigan çekka hududda joylaşgan qöraning oldiga töxtaydilar. Atrof sinçkovlik bilan kuzatilib heç kim yöqligiga işonç hosil qilingaç «Damas»ning orqa eşigi oçiladida qöradan saralab olib çiqilgan 8 boş qöylar «qöyxona»ga yuklanadi. Umar öziga işongan ustasi farang haydovçi bölsa hamki çölda avtomaşinani boşqarişni eplay olmaydi. Çunki çölda qolib ketiş uçun kelgan yöldan birgina adaşiş kifoya. Içida 8 boş qöy va 4 nafar «ovçi» bilan avtomaşina qumga botib qoladi. Yigitlar harçand urinişmasin avtomaşinani qumlikdan çiqara olmay boşlarini çangallagança çölda qolib ketadilar. Tong yorişgaç kirdikorlari foş bölişidan çöçigan «ovçi»lar maşinaga yuklangan «ölja»larni qöyib yuboradilar. Bir oz vaqt ötgaç hamtovoqlar örtasida kelişmovçilik boşlanadi. Umar avtomaşinani qumlikdan çiqariş uçun yordam sörasa, Salimjon bilan Botir ularni bu yerga boşlab kalgan Rustamni koyişga tuşib ketadi. Ularning baqir çaqirlarini eşitib şu yerdan ötib ketayotgan çöpon amaki maşinaning qumga botib qolganligini körib ularga yordam kerak, deb öylab ular tomon keladi. Uni körgan uçala yigitlar qoçib ketadilar. Faqatgina Umar avtomaşinasining yonida qoladi. Maşinaning davlat raqami va belgilarini ilğagan çöpon amaki bu yerdagi holatni kuzatib sekingina ortiga qaytadida özining qörasi tomon boradi. Ne köz bilan körsinki, qöraning eşiklari oçiq, qöy qözilar taşqariga çiqib ketgan. Suruvni yiğib darhol sanaydi. Masala oydin, 8 boş qöy izsiz yöqolgan. Çöpon amaki zudlik bilan şu hududda xizmat olib boradigan profilaktika inspektoriga xabar beradi...
Bu tekintomoqlarning sönggi manzili edi. Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv tadbirlari davomida ular tomonidan viloyatning turli hududlarida 21 ta mol öğriliklarini sodir etilganligi, nobakorlar fuqarolarimizga turli miqdorda zarar yetkazib kelganliklari aniqlandi. «Ovçilar» qölga olinib, jinoyat uçun jazoning muqarrarligi ta'minlandi. Qumga botib qolgan «Damas» esa jinoyat quroli sifatida musodara qilindi...
...Salimjon horğin holda uyga kirib kelar ekan onasi Muborak aya unga peşvoz çiqadi.
- Öğlim ziyoratlaring qabul bölsin!
- Raxmat oyi.
- Hali seni sörab uçaskovoy kelgandi, uning yoniga borişingni tayinladi.
Bu xabarni eşitgan Salimjon rangi oqarib uyga kirmasdan yana ortiga qaytib çiqadi, söngra özining şeriklariga qönğiroq qiladi. Ular allaqaçon içki işlar idoralariga olib ketilganligini eşitgan Salimjon ham öz aybiga iqror bölib şeriklarining ortidan boradi.
Baxtiyor Raxmatov, kapitan
Buxoro viloyati










