Prezidentning “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini oliş hamda ularga qarşi keskin kuraşiş faoliyatini amalga oşirişga mas’ul davlat organlari va taşkilotlarining ustuvor vazifalari belgilab berildi. Ular quyidagilar iborat:

a) ta’lim muassasalarida, öquvçi va talabalar orasida psixofaol moddalarning tarqalişiga batamom çek qöyiş, yoşlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni şakllantiriş böyiça ta’sirçan çora-tadbirlarni kompleks ravişda amalga oşiriş;

b) giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalar noqonuniy aylanmasiga qat’iy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham beriş, bu boradagi jazo çoralarini keskin kuçaytiriş hamda yoşlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uçun javobgarlikni oğirlaştiriş;

v) giyohvandlik vositalarini respublika çegarasidan olib kiriş yönalişlarini, internet tarmoqlari orqali tarqatiş harakatlarini, noqonuniy narkolaboratoriyalarni va narkojinoiy uyuşmalarni, şu jumladan, ularga homiylik qilayotgan mansabdor şaxslarni aniqlaş, ular faoliyatiga çek qöyiş hamda jazo muqarrarligini ta’minlaşga qaratilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini yölga qöyiş;

g) giyohvandlik vositalarini tayyorlaş uçun foydalaniş mumkin bölgan kimyoviy moddalar (prekursorlar) aylanmasi ustidan qat’iy davlat nazoratini örnatiş, giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanuvçi tibbiyot muassasalari, farmatsevtika korxonalari va dorixonalarning faoliyatini nazorat qiliş amaliyotiga raqamli yeçimlarni joriy etiş;

d) aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoşlar orasida giyohvandlik hamda zaharvandlikni taşxislaş, davolaş va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qiliş tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan manzilli çora-tadbirlarni belgilaş.

Qayd etilişiça, uyuşgan narkojinoyatçilikka jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali qarşi kuraşiş faoliyatini mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarşi jinoyatlar” nomli alohida yangi bölim kiritiladi. Şuningdek, narkojinoyatlarning yangi şakllari, usullari va uyuşganlik darajasidan kelib çiqib, quyidagi qilmişlar uçun yigirma yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanadi: