Jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudida bir kunda Rossiya armiyasiga yollangan ikki yigitga hukm öqildi. Ularning har ikkisi Iştixon tumanida istiqomat qilgan. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.

“Akamni olib keliş uçun bordim”

N.D. 41 yoşda. 3 nafar farzandning otasi. U 2012 yildan işlab pul topiş uçun Qozoğiston va Rossiya davlatlariga borib-kelib yurgan. 2023 yil 24 iyul kuni işlaş maqsadida Rossiyaning Tula şahriga borgan.

Tula şahrida işlab va yaşab kelişi davomida N.D. Rossiya qurolli kuçlari safiga yollangan: u 2023 yil 21 noyabrda Tula şahridagi mudofaa işlar bölimida Rossiya armiyasi safida harbiy xizmatni ötaş uçun 1 yillik şartnoma imzolagan. Söngra harbiy qism komandirining buyruği bilan öqçi-granatomyotçi yordamçisi lavozimiga tayinlangan. N.D. 2023 yil noyabr oyidan 2024 yil sentabrgaça Luhanskdagi harbiy harakatlarda iştirok etgan.

N.D. sudda aybiga iqror bölib, uruşga akasini olib keliş uçun borganini aytgan.

“2023 yil 24 iyul kuni işlaş maqsadida Rossiyaning Tula şahriga bordim. Sababi, akam Rossiya fuqaroligini olgan, u oila a’zolari bilan Tula şahrida istiqomat qilardi.

Şahardagi quriliş işlarida işlab yurgan vaqtimda akamning turmuş örtoği akam Rossiya va Ukraina örtasida bölayotgan jangovar harakatlarida iştirok etiş maqsadida uruşga ketganini aytdi. Şundan söng akamni qaytariş maqsadida uruşga borişga majbur böldim.

2023 yil 21 noyabrda Tula şahridagi Mudofaa işlari bölimida bir yillik şartnoma imzoladim. Harbiy qism komandirining buyruği bilan desant-paraşyutçi rotasi, öqçi-granatomyotçi yordamçisi lavozimiga harbiy xizmatga tayinlandim. Meni harbiy öquv maşğulotlaridan ötiş uçun Luhanskdagi harbiy dala lageriga olib borişdi. 2 oy tayyorgarlikdan ötganimizdan keyin uruşga kirdik. Men asosan front orti işlarida, ya’ni okoplar qaziş, blindajlar yasaş, mudofaa inşootlari qurilişida qatnaşdim.

Front çiziği biz işlayotgan hududdan taxminan 30 km uzoqlikda joylaşgandi. Harbiy jangovar harakatlarda iştirok etmaganman. Öşa vaqtda akam 2024 yil 24 iyun kuni Luhanskning Terney nomli hududida bölib ötgan jangda halok bölganini eşitdim.

2024 yil 19 sentabr kuni Luhanskning Vladimirovka posyolkasida blindaj quriş işlarini amalga oşirayotganimizda Ukraina tomonidan minomyot va boşqa artilleriya snaryad öqlari kelib tuşdi. Biz örmonga qarab qoçmoqçi böldik. Biroq oskolkalardan jarohatlandim. Men bilan işlaşga kelgan askarlarning barçasi halok böldi. 3 kungaça heç kim bizni qidirib kelmadi. Oziq-ovqat va suv tamom bölganidan söng sudralib yölga çiqdim va ötayotgan askarni körib qolib, undan yordam söradim