Jahon | 20:06 / 03.07.2017
3738
2 daqiqa o‘qiladi

Bavariyada sayyohlik avtobusi falokatga uchrashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2017 / Christof Stache

Bavariya ma'muriy okrugi Yuqori Frankoniya politsiyasi Bavariyada sayyohlik avtobusi falokatga uchrashi oqibatida 18 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

YTH 3 iyul ertalab Germaniyaning janubidagi A9 shossesida yuz bergan. Saksoniyadan sayyohlarni olib kelayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Avtobusda 46 yo‘lovchi va 2 haydovchi bo‘lgan. 30 ga yaqin jabrlanganlar haqidagi ma'lumot darhol berilgan, qolganlarning taqdiri esa yana bir necha soat noma'lum bo‘lib qolgan, ular bedarak yo‘qolgan deb hisoblanganlar. Qutqaruvchilar omon qolganlarni qidirishga vertolyot jalb qilganlar. Avtobanning avariya yuz bergan qismi uzoq vaqtga to‘sib qo‘yilgan.

"30 yo‘lovchi avtobusni tark eta olgan. Ular jarohat olganlar, ular orasida og‘ir yaralanganlar bor, ular qutqaruv vertolyotlarida shifoxonalarga yetkazilganlar. Qolgan 18 kishi yonayotgan avtobusda halok bo‘lgan", deyilgan politsiya saytida.

Politsiyada ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida 66 yoshdan 81 yoshgacha bo‘lgan ayol va erkaklar bor. Jinoyat politsiyasi mutaxassislari va sud tibbiyot ekspertlari jasadlar shaxsini o‘rnatish bilan shug‘ullanishmoqda.

Avtobus haydovchisi halok bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisiga hech narsa qilmagan.

Hukumat YTHni tergov qilmoqda. Mamlakat transport vaziri Aleksander Dobrintning aytishicha, yong‘in nima uchun bunchalik tez tarqalgani noaniqligicha qolmoqda.

Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert halok bo‘lganlar oilalariga va jabrlanganlarga o‘z hamdardligini va favqulodda xizmatlarga minnatdorchiligini bildirgan. Uning aytishicha, mamlakat kansleri Angela Merkel avtofalokat haqidagi xabarga "katta xavotir" bilan munosabat bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid