Jahon | 11:13 / 03.07.2017
6132
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp Si Tszinpin bilan muloqotida KXDR tahdidiga e'tibor qaratdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqotida KXDRning kuchayib borayotgan yadro va raketa tahdidlariga e'tibor qaratdi. Bu haqda Oq uy bayonotida so‘z yuritiladi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.  

"Prezident Tramp Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturlaridan klib chiqayotgan tahdidlarga diqqatini qaratdi. Ikki davlat yetakchilari o‘zlarining Koreya yarim orolini yadrosizlantirishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqlashdi", - deyiladi hujjatda. 

AQSh yetakchisi "Amerika savdo hamkorlari bilan teng muvozanatli savdo aloqalariga erishish borasidagi qat'iyatini tasdiqladi". 

"Ikkala davlat rahbarlari qator o‘zaro manfaatli mintaqaviy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qilishdi hamda Hamburgda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan G20 sammiti chog‘ida uchrashishlariga ishonch bildirishdi", - deya ta'kidlanadi xabarda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid