FIFA Infantinoni Alisher Usmonov xizmatidan foydalanganlikda ayblagan

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z vaqtida rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan samolyotlardan foydalanganlikda ayblagan.
Mail on Sunday nashri bergan xabarga ko‘ra, FIFA rahbari bu kabi samolyotlar xizmatidan Milan va Rimga, Rim papasi bilan uchrashuvga borganda foydalanlangan. «Bu Rossiya sportiga Usmonovning bevosita aloqadorligini keltirib chiqarib, manfaatdorlar o‘rtasida mojaroni yuzaga keltirishi mumkin», deb yozgan manba.
Qayd qilinishicha, FIFAning bir necha a'zolari Infantinoning bu harakatidan norozi bo‘lib, yozma ravishda shikoyat bilan chiqishgan. Gap shundaki, Infantino tashkilotni shaxsiy samolyotlarda amalga oshiradigan parvozlari haqida ogohlantirmagan. Bu FIFA qoidalarining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo FIFAning etika qo‘mitasi bu kabi ko‘rsatib o‘tilgan ayblovlar bo‘yicha aniq faktlarni topa olmagan.
FIFAning etika bo‘yicha qo‘mitasi prokurori Robert Torresning qayd etishicha, prezident Rim papasi bilan uchrashish uchun uchgan samolyot Infantinoning do‘sti Leon Semyonenkoga tegishli bo‘lib, u bu samolyotni ikki yil muqaddam Usmonovdan sotib olgandi.
«Semyonenko va Usmonovning aloqalari u qadar yaqin emas. Bu hattoki, «manfaatlar to‘qnashuvi» sifatida o‘rganilishga ham arzimaydi», — deya qayd etib o‘tgan Torres.
«Samolyot 2014 yildan buyon menga tegishli. Men va oilam Janni Infantino bilan bir necha yillardan buyon do‘stmiz. Men unga Milan orqali Rimga uchishni taklif qildim, sababi o‘zim ham maxsus kechada ishtirok etish uchun uchib ketayotgandim. Keyin men Rimda qoldim, uni Jyenevaga kuzatib qo‘ydim. Men bu vaziyatni tushuntirish uchun FIFA tergov qo‘mitasiga kamida ikki soat ko‘rsatma berdim», — degan Semyonenko.
Mazkur bayonotlarga qaramasdan, nashr samolyot Infantino undan foydalangan oyda boshqa xo‘jayin qo‘liga o‘tganini bong urmoqda. Layner Kayman orollari davlatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, aslida unga kim egalik qilishi aniq emas.
FIFA mazkur ishni yopganidan keyin, xuddi shu mazmundagi xat tashkilotga kelib tushgan. FIFA vakillaridan birining ta'kidlashicha, agar samolyot Usmonovga tegishli bo‘lgan taqdirda ham, Infantino bu haqda bilmagan va unga nisbatan hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Ispaniyada ushlandi
Jahon | 11:55
-
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
Jahon | 11:45
-
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi
O‘zbekiston | 11:00
-
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
Jamiyat | 10:51
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

19:54 / 08.02.2025