Fransiyaning eng boy odami yarim kun ichida deyarli 700 mln dollar yo‘qotdi
Forbes Real Time reytingiga ko‘ra, Fransiyaning eng boy odami, LVMH Moët Hennessy – Louis Vuitton egasi Bernar Arnoning boyligi 3 iyul Toshkent vaqti bilan soat 17:00ga kelib 53,7 mlrd dollarni tashkil qildi va 1,3 foizga, ya'ni 690 mln dollarga kamaydi.
Bu LVMH aksiyalarining narxi 3,71 foizga arzonlashib, 218 yevro qiymatga yaqinlashgani bilan bog‘langan. Investing.com’ning ma'lum qilishicha, Fransiya birjasi payshanba kundagi savdolar yopilgandan keyin iste'molchilik mahsulotlari, texnologiyalar va sog‘liqni saqlash sohasidagi zararlar sababli sezilarli ziyon ko‘rdi.
Arno 2017 yil aprelda Christian Dior modalar uyining 26 foiz aksiyasini 12,1 mlrd yevroga sotib olib, uning yakka egasiga aylanish istagini bildirgandi. Biznesmen, shuningdek, Christian Dior Couture’ni ham 6,5 mlrd yevroga sotib olmoqchi.
2016 yil LVMH hashamatli mahsulotlar sohasida foyda ko‘rgan sanoqli kompaniyalardan biri bo‘ldi. Kontsern o‘tgan yil davomida 37,6 mlrd yevro ishlab topgan, bu esa 2015 yilgi daromadga nisbatan 2 mlrd yevroga ko‘proq bo‘lgan. 2017 yilning 1-choragi ham konsern uchun sermahsul kelib, 9,884 mlrd yevrolik tushum keltirgan, bu esa bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 15 foizga ko‘proq bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024