Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondan xushxabar! Muxlisaxon 8,5 soatlik operatsiyadan kutilganidan-da a'lo chiqdi
Bugun, 3 iyul kuni xondrodistrofiya kasalligidan aziyat chekayotgan 14 yoshli Muxlisa Karimjonova jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.
"Kun.uz"ga berilgan xabarga ko‘ra, jarrohlik amaliyoti kutilganidan-da muvaffaqiyatli yakunlangan, Muxlisa o‘zini yaxshi his qilmoqda. Qizning onasi aytishicha, u 8,5 soat mobaynida operatsiya qilingan.
Feruza opaning ma'lum qilishicha, Hindistonda ularga Saifxon ismli tarjimon yigit yaqindan yordam bermoqda. U Hindistonda tarjimon yordami kerak bo‘lgan insonlarga yordamga shay ekani aytilgan.
Hindistondan shifo izlab borganlar uchun Saifxonning telefon raqamlari bilan bo‘lishishga qaror qildik: +919911419516.
Saifxon barcha kasalliklar, jumladan jigar, onkologik, oq qon, buyrak kasalliklari bo‘yicha qo‘ldan kelgan yordamini ayamaydi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026