Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy janubida 33 kishi suv toshqini qurboni bo‘ldi
Xitoy janubidagi qator provinsiyalarda ro‘y bergan suv toshqini 33 kishini hayotdan olib ketdi, yana 15 nafari esa bedarak yo‘qolgan deya e'lon qilindi. "Jenmin jibao" nashri shu haqida xabar berdi.
O‘tgan dam olish kunlari Xitoyning janubiy provinsiyalarida kuchli yomg‘irlar boshlangan, bu esa 9,5 milliondan ortiq kishining hayotiga ta'sir ko‘rsatgan.
Hukumat Anxoy, Tszyansi, Xubey, Xunan, Sychuan, Guychjou provinsiyalari va Guansi-Chjuan avtonom viloyatida hamda markaziy boshqaruvga qarashli Chuntsin shahrida yuz minglab kishilarni evakuatsiya qildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy talofat 18 milliard yuan (2,65 milliard dollar)ga baholanmoqda.
Tabiiy ofat ta'siri ostida 19 ming uy vayron bo‘ldi, 189 mingga yaqin binoga ziyon yetdi. Qishloq xo‘jaligining 668,2 million gektardan ziyod ishlov berilgan yeri jabrlandi.
Meteorologlar ma'lumotlariga ko‘ra, qator provinsiyalardagi yomg‘irlar shu haftaning yakshanbasiga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026