Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyati hokimi yoshlarning turli takliflarini qo‘llab-quvvatladi
2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Jizzax viloyatining barcha tuman (shahar)larida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Shunday uchrashuvlardan navbatdagisi joriy yilning 4 iyul kuni Baxmal tumanida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jizzax viloyat hokimi Ulug‘bek Yuldoshevich Uzaqov, Baxmal tuman hokimi Bahriddin O‘rolovich Safarov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi Orif Jumaboyevich Shukurov hamda viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va faol yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni O.Shukurov kirish so‘zi bilan ochib, uchrashuv maqsadi to‘g‘risida to‘xtalib, so‘z navbatini Jizzax viloyat hokimiga berdi. U.Uzaqov o‘z so‘zida 2017 yil 30 iyunda Toshkent shahridagi “Simpozimlar” saroyida bo‘lib o‘tgan “Kamolot” YoIHning navbatdagi IV Qurultoyida Prezident tomonidan so‘zlangan nutqning mazmun-mohiyati haqida hamda tumanda yo‘l qo‘yilgan bir qator xato va kamchiliklar, o‘zgarishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv davomida boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va faol yoshlar tomonidan muammo va takliflari atroflicha qizg‘in muhokama etildi.

Baxmal maishiy xizmat kasb-hunar kolleji boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Jumanova Dilbar tomonidan tuman markazida aholi va yoshlarning madaniy dam olishlari uchun “Madaniyat va istirohat bog‘i” barpo etilishi hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Baxmal xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Muxtorov Husniddinning “Qog‘oz qop va yog‘och yashik yasash ishlab chiqarish” biznes rejasi uchun Xalq banki Baxmal filialidan 15 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratish to‘g‘risidagi va shu kabi 10 dan ortiq takliflar ijrosi yuzasidan tegishli mas'ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida ushbu muammolar va takliflar yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.