Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida uch mingdan ziyod loyiha amalga oshiriladi
Jizzax viloyatida uch mingdan ziyod loyiha amalga oshiriladi. Agar aniqroq aytiladigan bo‘lsa, ishlab chiqarishdan tortib xizmat ko‘rsatish sohasigacha qamrab olingan katta-kichik loyihalarning soni 3048 tadan ortiq va ular ortidan yaratiladigan, jami 3,5 trillion so‘mlik ish o‘rinlari soni 27 mingdan ziyod bo‘ladi, deb yozadi Anhor.uz.
Bu haqda 1 iyul kuni Forishda o‘tgan matbuot anjumani vaqtida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov aytib o‘tgan. Matbuot anjumani viloyatda «Farish Agro Valley» MChJ tomonidan amalga oshiriladigan 11,5 milliard so‘mlik, nasldor echkichilikni rivojlantirishga qaratilgan dastlabki yirik loyihalardan biriga muvaffaqiyat tilash bilan yakunlandi. Ushbu loyiha summasining 8,5 milliard so‘mdan ortiqrog‘iga «Trastbank» investitsiya kiritadi.
«Sanoq nuqtasi»ga kapsula joylashtirishga bag‘ishlangan tantanali marosim 40 daraja jazirama ostida bo‘lib o‘tdi. Loyiha uchun ajratilgan 1,5 ming gektar maydonda 1000 bosh echkiga mo‘ljallangan zamonaviy modulli ferma barpo etiladi. Shuningdek, paketlangan sut ishlab chiqaruvchi infratuzilma ham yaratiladi.
Bu viloyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishning boshlanishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shu yilning may va iyun oylarida ushbu hududda ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirish va rivojlantirishga doir uchta qaror qabul qildi. 31 may kuni qabul qilingan 332-sonli qarorda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish kompleks chora-tadbirlari tasdiqlangan.
Har uchala qarorning maqsadi aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishbilarmonlik tuzilmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
Kompleks dastur Jizzax viloyatida 2017–2018 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha yirik va muhim investitsion loyihalar ro‘yxatiga ega.
«Farish Agro Valley» MChJ shu yil Forish tumanida nasldor echkichilikni rivojlantirish, ilmiy asoslarda seleksiya ishlarini amalga oshirish, echkichilik mahsulotlarini o‘z vaqtida qayta ishlash uchun tuzilgan.

Dastur «Qaraman» suv omborini ishga tushirish, yem tayyorlanadigan o‘simliklar ekish orqali o‘z yem bazasini tashkil etish, ming bosh nasldor echkini import qilish, ularga zooveterinar xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Nega aynan nasldor echkichilik?
Davlat nega aynan nasldor echkichilikka bu qadar diqqat-eʼtibor qaratmoqda?
Sirasini aytganda, bu — parhez sut va sut mahsulotlari, jun, tivit va teri degani.
Trikotaj, jun matolar, duxoba, velyur (movut), gilam mahsulotlari esa ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun g‘oyalardir.
Albatta, echkilardan olinadigan sut va sut mahsulotlari eng qimmatlisi hisoblanadi. Echki sutiga talab juda yuqori. Uni sanoat darajasida ishlab chiqarishdan tiyib turuvchi omil doimo xom ashyoning kamligi bo‘lgan, echki sutining savdosi xususiy sektor oqali amalga oshirib kelinadi. Mohiyatan, u faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirishgagina yetarli bo‘lgan. Echki suti arzon emas, uning bir litri 8–10 ming so‘mni tashkil etadi, boz ustiga, mahalliy zotli echkilar juda kam sut berishadi — kuniga ko‘pi bilan uch litrgacha.
Dasturni ijro etish doirasida «zaanen» zotli echkilarning ming boshi import qilinadi.
Bunday zotli echiklarning vatani Shveytsariyadagi Alp tog‘lari etagida joylashgan Zaanen qishlog‘i hisoblanadi.
Nega loyiha uchun aynan zaanen zotli echkilar tanlab olindi?
Zaanen echkilari yirik jussali bo‘lishadi. Yirik ona echkilarning bo‘yi 75–85 sm ga yetadi, tirik vazni esa 50–60 kilodan 90 kilogacha boradi. Uning nasldorligi ham yuqori, har 100 bosh ona echkidan 180–250 bosh uloq olish mumkin.
Echkilarning laktatsion davri 10–11 oy davom etadi. Laktatsiya davrida o‘rtacha sut mahsuldorligi 800–1000 kilogrammni tashkil etadi. Uning sutidagi yog‘ning o‘rtacha miqdori 3,8–4,5 foizga teng. Zaanen echkilaridan rekord darajada – yiliga 3000 litrgacha sut sog‘ib olinadi.
Bundan tashqari, zaanen echkilari turli iqlim sharoitlariga tezroq va yaxshiroq moslashadi.
Xorijdan keltiriladigan echkilar uchun mikroiqlim yaratish nazarda tutilgan — o‘zidan namlik chiqaruvchi daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, echkilar angar tipidagi yopiq fermalarda saqlanadi va bu ularni parvarish qilish, saqlash va mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:47 / 16.05.2026
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
08:53 / 18.03.2026