Jahon | 20:28 / 05.07.2017
17369
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada 40 dan ko‘proq avtomobil to‘qnashib ketdi

Foto: btvnovinite.bg

Bolgariyaning Ixtiman shahri yaqinidagi "Frakiya" magistralida 5 iyulda 40 dan ko‘proq avtomobil to‘qnashib ketdi. Oqibatda 31 kishi jarohat olgan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi bosh kotibi Mladen Marinov ma'lum qildi. 

"Frakiya" avtomagistralidagi yo‘l-transport hodisasi haqidagi signal ertalabki soat 6.00larda kelib tushdi. Kuchli tuman sharoitida 40 dan ko‘proq mashina to‘qnashib ketgan. Halok bo‘lganlar yo‘q, 31 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan", deb ma'lum qilingan xabarda. YTHga quyuq tuman sabab bo‘lgani ehtimol qilinmoqda. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid