O‘rta-Chirchiq tumanida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi
1 sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo‘lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida doimo katta shodu xurramlik bilan nishonlanib kelinadi.
Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori joylarda bayramga tayyorgarlik ishlarida eng muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ta'kidlash joizki, bu yilgi bayram tantanalarida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 5 iyul kuni Toshkent viloyatining markazi O‘rta-Chirchiq tumani viloyat “Ma'naviyat va ma'rifat” markazida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” mavzusida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqidan kelib chiqib, “Jaholatga qarshi – ma'rifat” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan yagona maqsad bugungi kunda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi - xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta'minlash, bugungi murakkab davrda g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh etishda xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni bilimli va yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashda kitob o‘qishga bo‘lgan munosabatlarini ularning boolari va ota-onalari tomonidan singdirishdan iborat.
Tadbirda ziyoli olimlar, nuroniylar, iqtidorli talaba yoshlar, sportchilar, adashib turli diniy oqimlarga kirib qolgan hamda bugungi kunda maxsus hisobda turuvchilar ro‘yxatidan chiqarishga tavsiya berilgan oilalar, ularning farzandlari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan sahnalashtirilgan yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni targ‘ib qiluvchi spektakl namoyishi, uyushmagan yoshlarni kengroq jalb qilish maqsadida tashkil etilgan turli sport o‘yinlari, rassomchilik ko‘rgazmalari hamda “Uzdavkitobsavdota'minoti” tashkiloti tomonidan ijtimoiy siyosiy, badiiy kitoblardan iborat kitob yarmarkalari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, tadbir doirasida Nuroniy otaxon va onaxonlar tomonidan yosh avlodga kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ishtirokchilar va maxsus hisobda turuvchi oila vakillari, bugungi kunda yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yili”da ularga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rliklardan behad xursandligi, shu bilan birga ularning farzandlari jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishda tashkil etilayotgan ana shunday tadbirlar, yoshlarni kelajakda yurt ravnaqi va rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishda dasturi amal bo‘lishini ta'kidlashdi.
Bunday tadbirlar viloyatning barcha tuman, shaharlarida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024