O‘zbekiston | 22:56 / 05.07.2017
20587
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti bo‘yicha dunyoda 61-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2016 yil yakunlariga ko‘ra xaridorlik qobiliyati pariteti hisobga olingan holda yalpi ichki mahsuloti bo‘yicha dunyoda 61-o‘rinni egalladi. Bundan Jahon banki ma'lumotlari darak bermoqda.

Jahon banki xaridorlik qobiliyati pariteti hisobga olingan holda yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha davlatlar reytingini chop etdi. Reytingdan 186 davlat o‘rin olgan. 

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 207,47 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan 61-o‘rin egallagan.

Jahon banki shuningdek YaIMni baholash asosida davlatlar iqtisodiyoti hajmi bo‘yicha ma'lumotlarni chop etgan.

Bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekiston YaIMi 67,22 mlrd dollarni tashkil qilgan va u 71-o‘rin olgan. Bu ro‘yxatdan 195 ta davlat joy olgan.  

O‘zbekistonning 2016 yil natijalariga ko‘ra, aholi jon boshiga yalpi milliy daromadi 2,22 ming dollarni tashkil qilgan. O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha 159-o‘rinni egallagan. Xaridorlik qobiliyati pariteti hisobga olingan holda yalpi milliy daromad 6,64 ming dollarni tashkil qilgan (147-o‘rin).

Xaridorlik qobiliyati pariteti ikki yoki bir necha pul birligi, turli davlatlar valyutalarining ularning ma'lum tovar va xizmatlarga nisbatan xaridorlik qobiliyati nisbatidir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid