Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: arab davlatlarining talablari "Qatarning davlatchiligiga nuqta qo‘yadi"
Bir qator arab davlatlari tomondan Qatarga 13 ta talabdan iborat ro‘yxatning taqdim qilinishi "Qatar davlatchiligiga nuqta qo‘yadi". Bu haqda 6 iyulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.
Uning fikricha, "bu kabi takliflarning qabul qilinishi imkonsizdir".
Erdo‘g‘an Turkiya bundan buyog‘iga ham Qatar bilan kelishuvlarga amal qilishini ta'kidlab o‘tdi. "Anqara Doha bilan tuzilgan kelishuvlarni hurmat qiladi va kelishuv shartlariga amal qiladi. Qatar hukumati amirlikdan turk harbiy bazasini chiqarish tashabbusi bilan chiqmaguncha, bunday tashabbus muhokama qilinmaydi. Biz bunday qadamga bormaymiz", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Bir oy avval Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgandi. Keyinroq bu 4 ta davlat yuzaga kelgan inqirozdan chiqish uchun 13 talabni belgilab, bu talablar ro‘yxatini Kuvayt orqali Qatarga berganlar. Qatarga talablarni bajarishga 10 kun berilgan. Biroq Qatar talablarni bajarishdan bosh tortgan. Shu sababli 4 arab davlati Qatarga u siyosatini o‘zgartirmaguncha siyosiy va iqtisodiy bosim o‘tkazishni davom ettirishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026