Jahon | 21:38 / 06.07.2017
3735
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya 2040 yilgacha benzin va dizelda ishlovchi mashinalarni sotishdan voz kechadi

Foto: Charles Platiau / Reuters

Fransiya 2040 yilgacha mamlakatda benzin va dizelda ishlovchi dvigatelli mashinalarni sotishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda 6 iyulda Fransiya atrof-muhit vaziri Nikolya Yulo mamlakatning "Iqlim rejasi" taqdim qilingan matbuot-anjumanda ma'lum qildi. 

"Biz 2040 yilgacha benzin va dizelda ishlovchi mashinalarni sotishdan voz kechishimizni e'lon qilamiz", deb aytgan Yulo. Vazir bu qaror gibrid avtomobillarga ham taalluqli bo‘lishi bo‘yicha aniqlik kiritmagan.  

Yulo Fransiya 2001 yilgacha ishlab chiqarilgan, 20 yoshdan kattaroq dizel va benzin avtomobillarini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga soliq imtiyozlari taklif qilishini ta'kidlab o‘tdi. 

"Bu qat'iy chora. Biroq Fransiya yashil iqtisodiyotga ega birinchi raqamli davlat bo‘lmoqchi", deb aytgan Yulo.

5 iyulda Volvo Car Group 2019 yildan keyin faqatgina ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan mashinalarni ishlab chiqarishni to‘xtatishini hamda elektromobil va gibrid-avtomobillar ishlab chiqarishini e'lon qilgan birinchi yirik kompaniya bo‘ldi. "Bu kelajakda elektrodvigatelga ega bo‘lmagan avtomobil bo‘lmasligini anglatadi", deb aytdi Volvo bosh direktori Xokan Samuelson.

Elektrokarlar 1980-yillardan ishlab chiqarila boshlangan va oxirgi o‘n yil ichida ommaviylashgan. Biroq bu mashinalar narxi balandligi va harakatlanish diapazoni cheklangani sababli avtomobil bozorining kichik qismini egallaydi. O‘tgan yil elektrokarlar savdosi AQSh, Yevropa va Xitoyda 1 foizga yaqinni tashkil qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid