Rossiyaning barça hududlari böylab yoqilği taqçilligi bilan boğliq vaziyat oğirlaşişda davom etmoqda.
Ukrainadagi Exilenova+ va Supernova+ telegram-kanallari 2 iyul kuni Rossiya hududidagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalaridan birida köp kilometrlik navbat yuzaga kelgani aks etgan video joylaştirildi. Postda bu video qaçon olinganiga aniqlik kiritilmagan.
Bu video Baykalorti ölkasining Çita rayonida tasvirga olingani ma’lum böldi. «Meduza» videoning haqiqiyligini tasdiqlagan: bu kadrlar «Rosneft»ning Çita rayoni Atamanovskoye posyolkasi hududiga oid. Videoda navbat kilometrga çözilgani, u yerda 800 ga yaqin avtomobil navbatda turganini köriş mumkin.
Baykalorti ölkasi rahbariyati Ukraina dronlarining neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalaridan keyin yuzaga kelgan yoqilği inqirozi tufayli 25 iyun kuni regionda yuqori şaylik rejimi joriy etgandi. Natijada ölka aholisi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida soatlab navbat kutib turmoqda, haydovçilardan biri 30 iyun kuni 36 soatdan buyon navbat kutayotganini aytgan.
Yuqoridagi videoda körsatilgan zapravka «Rosneft»ga tegişli bölib, u yerga Xabarovskdagi neftni qayta işlaş zavodidan yoqilği yetkazib beriladi. Ukraina uşbu korxonaga hali zarba bermadi.













