OAV: Amerika vizalarini milliy xavfsizlik vazirligi taqdim etishi mumkin
AQSh pasportlari va vizalarini berish vazifasini bajaruvchi davlat departamenti bu mas'uliyatni tez orada milliy xavfsizlik vazirligiga berishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, idora tomonidan yollangan maxsus konsalting firmasining ichki hisobotida tegishli tavsiyalar qayd etilgan. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson o‘zi boshqarayotgan davlat organida keng qamrovli o‘zgarishlarni amalga oshirishga tayyorgarlik doirasida shunday hujjatni tuzish vazifasini topshirgan edi.
Mazkur hisobot bilan tanishgan Reuters agentligining qayd etishicha, unda "pasportlar, vizalar va boshqa chiqish hujjatlarini berish ishini milliy xavfsizlik vazirligi ixtiyoriga berish haqida so‘z boradi". Ta'kidlanishicha, bunday o‘zgarish tashqi siyosat mahkamasining "ish samaradorligini oshirish", byudjyet "xarajatlarini kamaytirish" hamda mamlakat "chegaralarida xavfsizlikni kuchaytirish"da qo‘l keladi.
Hisobot mualliflari, shuningdek, davlat departamenti rahbariyatiga diplomatlarning xorijiy safarlari muddatini uzaytirish, mehnat sifatini baholash bo‘yicha ichki tizimni yaxshilash, departamentning "birlashtiruvchi, aniq belgilangan" maqsadini ishlab chiqib, xodimlarga tushuntirishni tavsiya qilgan.
110 sahifali hisobotni tayyorlash uchun departamentning 35 mingdan ortiq xodimi o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati tomonidan 2018 yil uchun ishlab chiqilgan byudjyetda tashqi siyosiy faoliyatga moliyaviy mablag‘larni 28 foizga qisqartirish va mudofaa xarajatlarini 10 foizga oshirish nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan, davlat departamentining 9 foiz atrofidagi xodimlarni (2,3 ming kishiga yaqin) ishdan bo‘shatish kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024