Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda tag‘in “benzin vasvasasi” boshlandimi? (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor benzin taqchilligi yuzaga ko‘tarilgan postlar e'lon qilindi. Ularga poytaxtda joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida yuzaga kelgan tirbandlik aks etgan fotosuratlar ilova qilingan.

Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar turlicha. Ularning ayrimlari “hali yil yakunlanmadi, nega bunday navbat”, deya murojaat qilishgan bo‘lsa, boshqalar esa “hech qanday tirbandlikka duch kelmaganliklarini, mashinalariga bemalol yoqilg‘i qo‘yib olishganini” aytib o‘tishgan. Bir foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan izohda shunday deyiladi: “Poytaxtda benzin bor, viloyatlarda esa 3-4 kunda chiqarilyapti. Mutasaddilarga rahmat”. Ayrimlar esa 15 iyuldan yoqilg‘i narxi oshishini bashorat qilishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi barcha AYoQShlarda ham bu hol kuzatilmagan. Ma'lum etilgan tirbandliklar aynan qaysi shoxobchalarda kuzatilgani haqida aniq ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
14:51 / 31.03.2026