Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston banklari AQSh soliq xizmatiga amerikaliklar hisob raqamlari haqida ma'lumot beradi
O‘zbekiston tijorat banklari amerikaliklarning hisob raqamlari borasida AQSh soliq xizmatiga ma'lumotlarni taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro soliq qonunchiligi talablariga rioya qilishni yaxshilash va AQShning xorijiy moliyaviy idoralardagi hisob raqamlari bo‘yicha soliq nazorati to‘g‘risidagi Qonun ijrosini ta'minlash bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi mazkur kelishuv 2015 yil 3 aprel kuni Toshkentda imzolangan edi.
Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilgan xalqaro kelishuvning kuchga kirishi uchun ichki jarayonlarni amalga oshirganini ma'lum qilish vazifasini TIVga topshirdi.
FATCA 2014 yil yozidan amal qila boshlagan. Uning maqsadi Amerika ichki daromadlar xizmati (IRS)ni Amerika fuqarolarining xorijiy banklarga joylashtirgan pullari haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashdir.
Banklar bu kabi ma'lumotlarni berishdan bosh tortsa, amerikaliklarning AQSh banklari orqali o‘tuvchi har qanday to‘lovlardan 30 foizlik soliq ushlab qolish talabi kuchga kiradi.
AQShning FATCA bo‘yicha qonunchiligi boshqa davlat soliq idoralari bilan qat'iy belgilangan shaklda elektron ma'lumotlar bilan almashishni nazarda tutadi. AQSh bilan hukumatlararo kelishuvni 70dan ortiq davlat imzolagan.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026