17:30 / 07.07.2017
35927

Hamburgda namoyishchilar Putin to‘xtagan mehmonxonaga hujum qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘xtagan Hamburgdagi mehmonxona qo‘riqchilariga namoyishchilar tomonidan hujum uyushtirilgan. Bu haqda Bild tabloidi xabar tarqatdi.

Hujumga uchragan mehmonxonani Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull va Koreya respublikasi prezidenti Mun Jye In ham qarorgoh qilgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozircha hodisaga izoh bermadi.

Politsiya ushbu xabarga izoh berishdan bosh tortgan. Politsiyadagilar butun shahar bo‘ylab namoyishlar bo‘lib o‘tayotganini qo‘shimcha qilgan.

Hamburgda 7-8 iyul kunlari davomida G20 sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Bu sammit arafasida shaharda antiglobalistlarning keng ko‘lamli namoyishlari boshlandi. Ayni vaqtga kelib faollar bilan to‘qnashuvlarda 150dan ortiq politsiyachi jarohatlandi.

Bundan oldinroq AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp namoyishchilar tufayli mehmonxonadan chiqa olmayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzu
Hamburgda G20 sammiti

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi

Barchasi
Top