Jahon | 23:30 / 07.07.2017
8548
1 daqiqa o‘qiladi

BMTda yadro qurolini butunlay taqiqlash konvensiyasi qabul qilindi

Foto: Fotolia / Jörg Hackemann

BMTda yadro qurolini butunlay taqiqlash bo‘yicha o‘tgan anjuman ishtirokchilari yakuniy qarorga kelishdi: mazkur masalada konvensiya qabul qilindi.

Hujjatga 122 mamlakat yoqlab ovoz berdi. Bir vakil qarshi bo‘ldi, yana biri esa betaraf qoldi. 

Konventsiya matniga ko‘ra, hujjat imzolash uchun 2017 yilning 20 sentabr kuni ochiladi. Konventsiya uni kamida 50 mamlakat ratifikatsiya qilgach, kuchga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid