Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Trampning oldiga kelayotgan qurolli erkak ushlandi
AQSh Maxfiy xizmat xodimlari Nyu-Yorkdagi Trump Tower binosiga kiraverishda 52 yoshli Adams Benitesni qo‘lga olishdi. New York Daily News shu haqida xabar berdi.
Agentlar erkakning ko‘ylagi ostida bronojilet borligini sezib, uni to‘xtatishga qaror qilishdi. Benites qo‘riqchilarga o‘zining Amerika senatori, shu bino egasi ekani va prezidentning qizi Ivanka Trampning oldiga uning garderobini muhokama qilish uchun kelganini aytgan.
Uni tintuv qilish chog‘ida yonidan ikki pichoq, paypoqdan yasalgan qo‘lbola tasma-g‘ov va shaxsni tasdiqlovchi soxta guvohnoma topilgan. Maxsus xizmatlar xodimlari uni qo‘lga olib, psixiatrik ekspertiza uchun shifokorlarga topshirishgan.
Benitesga noqonuniy qurol saqlash va soxta hujjatlardan foydalanish ayblovi qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:20
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
12:54 / 14.05.2026
“Hayvondan yuqadi, tashqi muhitga chidamsiz” - hantavirus O‘zbekistonga qanchalik xavf soladi?
15:06 / 01.05.2025