Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi bilan maxsus intervyu: Kun.uz elektron manziliga savol yo‘llashingiz mumkin
Xabaringiz bor joriy yilning mart-aprel oyida Janubiy Koreyaga mehnat qilgani ketishni istovchi fuqarolardan imtihon olingan, ammo imtihonda berilgan savollar va uning javobi keng jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimini tark etgandi. Uning o‘rniga Ho‘jabahlil Fazlitdinovich Asamov agentlikka vaqtinchalik rahbar sifatida tayinlangan edi.
So‘nggi vaqt oralig‘ida vazirlik va uning qoshida ish yurituvchi agentlik faoliyatida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Aholi murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganib chiqildi va aksar muammolar o‘z yechimini topdi.
Ayni kunlarda agentlik tomonidan qanday ishlar amalga oshirilyapti? Mavjud muammolar qanday hal etiladi va istiqboldagi rejalar nimalardan iborat? Kun.uz tahririyati mazkur masalalar yuzasidan intervyu uyushtirishni rejalashtirgan. Sizda mazkur sohaga oid savollar bo‘lsa murojatlaringizni ushbu havola orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin! Savollarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Xo‘jabahlil Asamov javob qaytaradi.
Mavzuga oid
18:55 / 05.01.2023
“2022 yilda mehnat migrantlarining 1,2 mln dollar miqdoridagi pullari undirib berildi” - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
12:40 / 17.12.2022
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xalqaro forum uchun 2,2 mlrd so‘m sarfladi
23:56 / 13.12.2022
Xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik migrantlar soni ma’lum qilindi
14:58 / 09.12.2022