Özbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Uluğbek Nazarov öz lavozimini tark etgan. Bu haqdagi ma'lumotni agentlik vakili «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.
Manbaning ma'lum qilişiça, Asamov Hojibaxlil Fazlitdinoviç agentlikka vaqtinçalik rahbar sifatida tayinlangan.
Bu özgariş agentlik Janubiy Koreyada işlaşni istovçilarni röyxatga oliş böyiça mart oyi oxiri va aprel oyi boşida ötkazgan test sinovlarida tuşunmovçiliklar röy berişi hamda buning ortidan jamoatçilikning noroziligi kelib çiqişi fonida röy berdi.
17 aprel kuni «Kun.uz» manbasi agentlik binosida bölgan va agentlik rahbari işdan ketgani haqidagi dastlabki axborotni aniqlagandi.
Bugun esa Migratsiya agentligi ötkazgan röyxatga oliş va test sinovi natijalari bekor qilingani haqida ma'lum böldi.
Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining tört kunlik tomoşasi
Röyxatga oliş natijalari Janubiy Koreyada işlaş istagidagi «talabgorlarning bilimini sinaş jarayoni qatnaşçilar orasida köplab anglaşilmovçiliklar va noroziliklarga sabab bölgani» tufayli bekor qilingan.
Röyxatga oliş sanasi va tartibi haqida keyinroq rasman ma'lumot beriladi.













