Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Chortoqdagi ziyoratgohni obod qilishga ko‘rsatma berdi
Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi.
O‘zA bergan xabarga ko‘ra, prezident viloyatlarga safarlari chog‘ida har bir hududning tarixini o‘rganishga, ma'naviy merosini tiklashga alohida e'tibor qaratmoqda. Muborak qadamjolarni ziyorat qilib, ularni obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bermoqda.
Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi – Namangandagi ana shunday maskanlardan biri hisoblanadi. Qadamjo maqbara, masjid, ramziy darvoza va muzeydan iborat.
Davlat rahbari bu qadamjoni qadimiy usulda ta'mirlash, keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, yosh avlodni yuksak ma'naviyatli insonlar etib tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026