Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Namanganda quriladigan GESlar loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga safari davomida Mingbuloq tumanida bo‘ldi. Unga Namangan viloyatida quriladigan gidroelektr stansiyalari loyihasi ham namoyish qilindi.
Prezidentning 2017 yil 2 maydagi «2017—2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Namangan viloyatida umumiy quvvati 38,5 mVt, ishlab chiqarish quvvati 150,8 million kilovatt soatni tashkil etuvchi kichik gidroelektr stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Uchqo‘rg‘on tumani hududida Katta Farg‘ona kanalida kichik GeSlar kaskadini qurish rejalashtirilgan.
Prezident suvdan energiya olish tabiat in'om etgan imkoniyat ekani, bunday energiya qayta tiklanishi, ekologik tozaligi va arzonligi bilan afzal bo‘lishini ta'kidladi. Xitoy tajribasi asosida mamlakatning barcha hududida kichik gidroelektr stansiyalari qurilishi, kelgusida elektr ta'minotining katta qismi ushbu manbalar hisobidan qoplanishini qayd etdi.
Suv tozalash inshootlari barpo etish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash qamrovini kengaytirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Bu borada tizimli yondashuv zarurligi ta'kidlandi, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026