Jamiyat | 19:04 / 08.07.2017
26661
2 daqiqa o‘qiladi

TATUni tanqid qilgan abituriyent o‘z aybloviga raddiya berdi

Bugun Kun.uz sayti orqali “Abituriyent fikri: TATUdagi “maslahatchi”lar o‘z saytini o‘qib tursa, yaxshi bo‘lardi...” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Unda TATUga hujjat topshirgani borgan maqola muallifi – Xayriddin Bahromxo‘jayev oliy o‘quv yurti saytida ko‘rsatilgan vaqtga qarab qabul komissiyasiga borgani, u yerdagilar qabul tugaganini aytishgani, hujjatlardan ayb topish uchun atay tekshirishgani va boshqa holatlar tasvirlab berilgan.

Maqola e'lon qilinganiga ko‘p o‘tmay, Xayriddin Bahromxo‘jayev ijtimoiy tarmoq orqali o‘z yozgan maqolasiga quyidagicha raddiya berdi: “Men 30 iyun kuni qabul komissiyasiga rostan ham kech borganim uchun tushunmovchilik bo‘lib qoldi. “Ostrochka”ga kelsak, u hujjat topshirayotgan har bir abituriyent tomonidan qabul komissiyasiga nusxasi topshirilib, aslini ko‘rsatish kerak ekan. Bu postni jahl ustida yozganman. Bu uchun TATU vakillaridan uzr so‘rayman”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid