Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 million kishi Xitoydagi suv toshqini zonasida
Foto: Getty Images
Markaziy Xitoydagi davomli sel yomg‘irlari natijasida 12,2 million kishi falokat zonasida qoldi. Bu haqida 9 iyul kuni "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Xunan provinsiyasida 83 kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi, deya ma'lumotlarni keltiradi mahalliy ma'muriyat. Ularning orasidan 28 kishi ko‘chkilar ostida qolgan, 22 nafari qulagan binolar ostida qolgan, 4 nafari cho‘kib ketgan, yana 16 kishi yer ko‘chishi va boshqa sabablar natijasida halok bo‘lgan.
1,62 million kishi shoshilinch ravishda evakuatsiya qilindi, 470 mingdan ziyod kishi shoshilinch moddiy yordamga muhtoj.
22 iyundan buyon davom etayotgan kuchli sel yomg‘irlari Xunanning 53 ming turar-joyi vayron bo‘lishi va 68 mingining jiddiy talofot ko‘rishiga sabab bo‘ldi.
Voqea natijalarini bartaraf etish uchun 52 ming harbiy, politsiyachi, o‘t o‘chiruvchi va hukumat idoralari ishchilari jalb qilingan.
Mavzuga oid
18:30 / 05.04.2026
Mahachqal’ada suv toshqini tufayli uch qavatli uy quladi
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
11:15 / 06.03.2026
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
22:37 / 02.02.2026