Xitoy KXDR bilan harbiy aloqalarni to‘xtatdi
Xitoy Xalq respublikasi Mudofaa vazirligining xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik markazi rahbari Chjou Bo Channel New Asia uchun bergan intervyusida ma'lum qildiki, Xitoy bundan buyon KXDR bilan harbiy sohada aloqalarni to‘xtatadi.
«Hozirda barcha aloqalar nolga aylantirilgan. Hozirda Xitoy BMT rezolyutsiyasiga amal qilgan holda, xalqaro hamjamiyat pozitsiyasini qo‘llamoqda»,— degan Chjou Bo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Pekin Pxenyanga Shimoliy Koreya tomoni Koreya yarim orolini yadrodan xoli hududga aylantirish jarayonini boshlashi, mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlash o‘z xavfsizlikni ta'minlash ekanini anglashi kerakligi haqida tushuntirish yo‘llagan. Ayni vaqtda vaziyat xaotik ko‘rinishda ekani, bunga Janubiy Koreyada raketaga qarshi THAAD tizimi va Pxenyan o‘tkazayotgan raketa sinovlari sababligi ko‘rsatilgan.
Chjou Bo yakunda Xitoy Shimoliy Koreya masalasida boshqa mamlakatlar bilan bir yechimga kelishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, may oyida XXR raisi AQSh prezidentidan KXDR bilan munosabatlarini aniqlashtirib olish uchun 100 kun muhlat so‘ragani ma'lum bo‘lgandi. Bunday kelishuvga ikki davlat rahbarining aprel oyidagi uchrashuvida erishilgan. Xitoy bu muhlatda Pxenyanga o‘z ta'siri orqali bosim o‘tkazishga harakat qilmoqchi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024