Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreya hujumlarini qaytarishga tayyorligi aytildi
Foto: FreeImages.com Content License
Pentagon sobiq rahbari Eshton Karterning CNN telekanali efirida ma'lum qilishicha, AQSh Shimoliy Koreya ehtimoliy hujumlarini qaytarishga tayyor.
«Biz juda yaxshi tayyorlanganmiz. Bu bilan 1953 yildan beri shug‘ullanamiz. Harbiy imkoniyatlarimizni doimiy ravishda yaxshilab bordik, Janubiy Koreyaning imkoniyatlari ham oshgan», - deya ta'kidlab o‘tdi Pentagonga 2015-2017 yillarda rahbarlik qilgan Karter.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Pentagon yaqin va uzoq harakat masofasidagi raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini Pxenyanning ehtimoliy xatti-harakatlari tufayli asta-sekin joylashtirib borgan.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026