Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul KXDRga gumanitar yordamlarni tiklashi mumkin
Janubiy Koreya hukumati KXDRga insonparvarlik yordamlarini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gap BMT va boshqa xalqaro kanallar orqali KXDRga yordam yetkazish haqida bormoqda.
Janubiy Koreya qo‘shni davlatga har qanday turdagi yordamlarni yetkazishni 2016 yilda, Pxenyanning raketa va yadro qurollari sinovidan keyin to‘xtatgan edi.
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Chje In ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning asta-sekinlik bilan yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Seul va Pxenyan o‘rtasidagi aloqalar iliqlashuvi uning saylovoldi kampaniyasidagi bosh va'dalaridan biridir.
Mavzuga oid
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026
Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft import qilishni rejalashtiryapti
10:20 / 30.03.2026