Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar mudofaa vazirligi: turkiyalik harbiylarning yangi guruhi yetib keldi
Turkiya Qurolli kuchlarining navbatdagi harbiy guruhi Qatar poytaxti Dohaga yetib keldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali Qatar mudofaa vazirligi bayonotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Amirlik mudofaa mahkamasi Dohaga turkiyalik harbiylarning navbatdagi beshinchi guruhi yetib kelgan. Ularning soni hamda qayerda qolishiga oydinlik kiritilmagan.
30 iyun kuni Qatar mudofaa vazirligi turkiyalik harbiy xizmatchilarning Dohadagi Amerika harbiy bazasi - Al-Udaydga kelganini ma'lum qilgandi. Bu yerda AQSh va terrorizmga qarshi xalqaro koalitsiyaning 11 ming harbiy xizmatchisi ham joylashgan.
Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan arab davlatlarining Dohaga ilgari surgan 13 sharti orasida Qatarning Turkiya bilan harbiy hamkorligiga barham berish talabi ham bor. Rasmiy Anqara esa, bundan keyin ham Qatar bilan kelishuvlarga og‘ishmay rioya qilinishini ma'lum qildi. Doha ham bu shartning bajarilishini rad etdi.
Bundan avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 15 iyuldan keyin Saudiya Arabistoni, Qatar va Kuvaytga tashrif uyushtirishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
11:49 / 25.06.2026