Jahon | 11:23 / 12.07.2017
4840
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston YeI bilan hamkorlikni mustahkamlash harakatida

Qirg‘iziston Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida yangi bitimni imzolash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu masala Qirg‘iziston TIV rahbari Erlan Abdildayevning Avstriya federal tashqi ishlar vaziri – YeXHTning hozircha amaldagi rahbari bo‘lib o‘tgan Sebastyan Kurts bilan uchrashuvida tilga olingan.

Qirg‘iziston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvi YeXHT ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Mauerbaxdagi har yilgi norasmiy yig‘ilishi davomida bo‘lib o‘tgan.

"Avstriya tomoni Qirg‘iziston hamda YeI o‘rtasidagi chuqurlashtirilgan sheriklik va hamkorlik bo‘yicha yangi bitimni imzolash masalasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Avstriya tomoni YeIda 2018 yildagi raisligi davomida ushbu masalasini faol tarzda ilgari surishi haqida ma'lum qildi", - deya xabar bergan matbuot xizmati.

Qirg‘iziston TIV ma'lumotiga ko‘ra, vazirlar ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini qayd etishgan. Uchrashuv davomida ikki mamlakat TIV o‘rtasida hamkorlik dasturi ham imzolandi.

Mavzuga oid