Jahon | 20:55 / 12.07.2017
5174
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp muzokaralar o‘tkazgani Fransiyaga tashrif buyuradi

Foto: whitehouse.gov

AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralar o‘tkazgani Fransiyaga jo‘namoqda. U Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuv o‘tkazadi va AQShning Birinchi jahon urushiga kirishining 100 yilligi bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etadi.

"Biz ikkimiz uchun manfaatli barcha masalalarni muhokama qilamiz. Ular orasida fikrlarimiz tarqoq masalalar bor, biroq ustida ikkimiz birgalikda ishlayotgan ko‘plab masalalar ham mavjud: terrorchilik xavfi, Suriya va Liviyadagi inqirozlar va biz uchun o‘zaro manfaatli boshqa ko‘plab masalalar", deb aytgan Makron. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikki yetakchi uchrashuvi 13 iyulda Parijda bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarning asosiy qismi Suriyadagi vaziyat hamda AQSh va Fransiyaning terrorchilikka qarshi kurashi muammosiga ajratiladi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid