O‘zbekiston fuqarolari endi xorijga chiqish uchun alohida pasportga ega bo‘lishadi

Foto: "Kun"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika fuqarolari uchun xorijga chiqish pasportlarini joriy etish bo‘yicha mutasaddi organlar oldiga aniq va muayyan choralarni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Prezidentning 2017 yil 11 iyulda qabul qilingan «Migratsion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi Qaroriga muvofiq, Davlat idoralari bir oy muddat ichida xorijiy davlatlarga chiqish pasportini joriy etish uchun asoslangan takliflarni kiritishi lozim.
Ushbu qarori Prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.
«Bir oy muddat ichida xorijga chiqish pasportini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlarini nazarda tutuvchi, asoslangan takliflar kiritilsin», — deyiladi hujjatda.
Qarorga ko‘ra, takliflarni ishlab chiqish bilan Vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi shug‘ullanishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratish vazifasi yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26
-
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi
Jahon | 22:46
-
19 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31
-
Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi
Jahon | 22:29
Mavzuga oid

17:31
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

16:02
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi

15:28
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

13:13