Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAdan Pokistonga yo‘l olgan samolyot kuchli shamol sabab halokatga uchrashiga bir baxya qoldi
BAAdan Pokistonga parvoz qilayotgan Pakistan International Airlines (PIA) aviakompaniyasi samolyoti kuchli shamol sabab halokatga uchrashiga bir baxya qoldi. Bu haqda Gulf News gazetasi yozmoqda.
Hodisa Abu-Dabidan Peshovor shahriga yo‘l olgan reys bilan sodir bo‘ldi. Layner yoqilg‘i baklaridan biridagi tashqi qatlam parvozga ko‘tarilish chog‘ida shamol sabab uchib ketgan. Biroq, uchuvchilar manzilga eson-oson yetib borishdi va havo kemasini muvaffaqiyatli qo‘ndirishgan.
Samolyot Bacha Xon nomidagi Peshovor xalqaro aeroportiga qo‘nganidan so‘ng yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Favqulodda hodisa sabab hech kim jabrlanmadi.
Pokistonning The Express Tribune nashri aniqlik kiritishicha, aeroportda zarar yetgan yoqilg‘i baki almashtirildi. Shundan so‘ng layner Pokistonning Karachi shahriga uchib ketgan.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
18:00 / 19.06.2026