O‘zbekiston | 22:10 / 13.07.2017
13468
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya va Germaniyadagi o‘zbeklar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Chexiya poytaxti Pragada O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi vakillari (Chexiya ham mazkur konsullik okrugiga kiradi) o‘zbekistonliklar uchun sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvlarda 230dan ziyod O‘zbekiston fuqarolari qatnashgan.

«Bir guruh vatandoshlarimiz Chexiyada bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish, madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish uchun yurtdoshlarimizni birlashtiradigan Milliy madaniy markaz ochishga ko‘mak berishnini so‘rab murojaat qildi», — deyiladi TIV xabarida.

Ma'lum qilinishicha, bu yo‘nalishdagi tashkiliy masalalar Chexiya qonunchiligiga qat'iy rioya etgan holda hal etilishi lozimligi tashabbuskorlarga tushuntirilgan. Ayni vaqtda, elchixona vakillari O‘zbekiston hukumati huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlik o‘rnatishga yordam berishini ma'lum qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid