Jamiyat | 20:13 / 13.07.2017
17213
2 daqiqa o‘qiladi

Ichkilikning ayanchli oqibati – uka akasining qotiliga aylandi

2017 yilning 7 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Fomenko Yevgeniy o‘z xonadonida mast holatda akasi Fomenko Valeriy bilan janjallashib qolgan. Yevgeniy g‘azablangani ortidan oshxona pichog‘i bilan akasining ko‘krak qafasi  va tanasining boshqa joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, jabrlanuvchi olgan jarohatlaridan kasalxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ayni vaqtda Fomenko Yevgeniyga nisbatan “qamoqqa  olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid