Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Umid qilamizki, Nemtsovning o‘ldirilishiga buyurtma berganlar topiladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva tuman harbiy sudi tomonidan siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan ayblanuvchilarga chiqarilgan hukmlarga izoh berdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
Peskov, Kremlning sud hukmiga munosabati haqidagi savolga javob berarkan, shunday dedi: «Biz sud qaroriga izoh bermaymiz».
Shu bilan birga, matbuot kotibi Nemtsovning o‘ldirilishiga buyurtma berganlar topiladi, deb umid bildirgan.
Avvalroq Nemtsovning qotili bo‘lgan Zaura Dadayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi. Shu bilan birga, boshqa ayblanuvchilar 11 yildan 19 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etildi.
Mavzuga oid
10:36 / 17.04.2026
Kreml OAVga Bonya murojaati mavzusini kengaytirmaslikni buyurdi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
12:13 / 05.09.2025
Nemsov qotilligi ishida bedarak yo‘qolgan shaxs familiyasini o‘zgartirdi
18:08 / 28.02.2025