Muxolifatçi siyosatçi Boris Nemsovning öldirilişi böyiça jinoiy işda iştirok etgan Artur Geremeyev familiyasini özgartirib, yangi pasport bilan yaşamoqda. Endi bu odamning ismi Artur Ulubayev, yangi hujjat unga Çeçeniston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan berilgan, deyiladi «Toçka» loyihasining 4 sentabr, payşanba kuni çop etilgan suriştiruvida.
Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati veb-saytidagi soliq tölovçining identifikatsiya raqamini (INN) tekşiriş şakli şuni körsatadiki, Uluboyev va Geremeyev bir xil INNga ega, deb yozadi "Toçka". Bundan taşqari, loyihaga köra, Geremeyev özining yangi nomi bilan tibbiy körikdan ötadi. Misol uçun, 2024 yil may oyida u Helix klinikasida gepatitga tekşirildi.
Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) çegara xizmatidan sizdirilgan ma’lumotga köra, Ulubayev Ukrainaning bosib olingan hududlariga safar qilmoqda. 2023 yilning 8 iyulida Rossiya poytaxti yöllarida kameralar tomonidan qayd etiladigan Hummer rusumli «B 881 PO» raqamiga ega avtomaşinani haydab, Ulubayev Mariupolga yölda "Veselo-Voznesenka" nazorat-ötkaziş punktidan ötgan, deb yozadi «Toçka».












