Sud Zaur Dadayevni siyosatçi Boris Nemtsovning öldirilişi işi böyiça 20 yilga ozodlikdan mahrum etiş haqida qaror çiqardi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Dadayevga qattiq rejimdagi koloniyada 20 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi va 100 ming rubl miqdorida jarima tayinlansin», - deya hukmni e'lon qilgan sudya.
Keça prokuror Nemtsovning qotilini umrbod ozodlikdan mahrum etişni talab qilgandi.
Eslatib ötamiz, Boris Nemtsov 2015 yilning 28 fevral kuniga ötar keçasi Moskva şahri markazida öldirildi. Zaur Dadayev, Anzor va Şodid Gubaşevlar, Tamerlan Eskerxonov hamda Hamzat Baxoyev uşbu qotillik sabab hibsga olindi.












