2015 yil 27 fevral kuni keçqurun Kreml yaqinida, Katta Moskvoretskiy köprigida muxolifatçi siyosatçi Boris Nemsov otib ketiladi. Qotillik ijroçilari sifatida Şimoliy Kavkazdan bölgan beş kişi körsatilgan, ular 11 yildan 20 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilingan. Tergovçilar taşkilotçi va buyurtmaçi rolini respublika rahbariyati bilan aloqasi bölgan çeçenistonlik kuçişlatarlardan birining haydovçisiga berişgan, ammo uni topa olişmagan. Kuçişlatar tizim xodimining özi va uning nufuzli qarindoşlari esa hatto söroq qilinmaydi. «Meduza» Nemsovni öldirganlikda ayblanib sudlanganlar va uning işida tilga olingan, ammo tergovga jalb etilmaganlar haqida hikoya qiladi. Quyida bu odamlarning keyingi taqdiri ham keltiriladi.

Sudlanganlar

Zaur Dadayev

Foto: Sergey Bobilev, Kommersant’ 

Ayblov versiyasiga köra, Boris Nemsovning öldirilişi quyidagiça amalga oşirilgan. 2015 yil 27 fevral kuni taxminan soat 23:30 da u dugonasi, ukrainalik model Anna Duritskaya bilan Katta Moskvoretskiy köprigidan ötayotganda orqasidan olti marta öq uzilgan. Nemsov voqea joyida halok böladi, Duritskaya jabrlanmaydi. Qotil yaqinlaşib kelayotgan ZAZ Chance avtomobiliga çiqib qoçib ketgan.

Jinoyatning bevosita ijroçisi — Zaur Dadayev. U Çeçenistonning «Sever» batalyoni komandirining örinbosari edi. U qölga olingani qotillikdan bir hafta ötib ma’lum böladi. Nemsovning öldirilişi böyiça tergov guruhi rahbari Igor Krasnov (hozirda u Rossiya boş prokurori) Dadayevni hibsga oliş böyiça sörovida uning xizmat joyini tilga olmaydi. Ammo u Dadayev jinoyatiga iqror bölib körsatma berganini aytadi.

Körsatmasida Dadayev Nemsovni Charlie Hebdo jurnaliga qilingan hujumdan keyin Muhammad rasululloh (s.a.v)ning karikaturalarini naşr etişga çaqirgani uçun öldirganini aytgan (aslida Nemsovda bunday qilmagan). Dadayevning sözlariga köra, siyosatçini kuzatişda unga uzoq qarindoşi Anzor Gubaşev va «Sever» batalyonidagi xizmatdoşi Beslan Şavanov yordam bergan, töpponçani esa Rusik ismli şaxsdan olgan. U göyoki Dadayev va uning şeriklariga beş million rubldan tölaşga va’da bergan. Köp ötmay, Dadayev bu körsatmalardan voz keçib, hibsga olinganidan keyin qiynoqqa solinganini aytadi.

Sudda u Nemsovning öldirilişiga aloqasi yöqligini ta’kidlaydi. Uning tanasidan yuvilgan moddalar (ularda öq mahsulotlarining mikrozarraçalari bölgan) va uning uyidan topilgan patronlar (ularning belgisi Katta Moskvoretskiy köprigidan topilgan gilzalarning belgisi bilan bir xil edi) siyosatçiga aynan u öq uzganining isboti sifatida xizmat qiladi. Dadayev 20 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan.