Jahon | 18:23 / 13.07.2017
6332
1 daqiqa o‘qiladi

“Parij Trampga qarshi”: Fransiya poytaxtida AQSh prezidenti tufayli mitinglar o‘tkaziladi

“Parij Trampga qarshi” alyansi faollari Fransiya poytaxtida mitinglar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu davlatga ikki kunlik tashrif bilan kelgani tufayli ro‘y beradi, deb yozmoqda Independent gazetasi.

Ta'kidlanishicha, mitinglarda ishtirok etuvchilar o‘z aksiyalarini AQShning elchixonasi avval joylashgan joy - Eta-Yuni maydonida o‘tkazishni mo‘ljallashmoqda.

Aktsiya tashkilotchilarining ma'lum qilishicha, ular Trampning iqlim o‘zgarishi, muhojirlar, ozchiliklarga nisbatan siyosatiga qarshilar va uni irqchilik ko‘rinishidagi bayonotlarda ayblashmoqda.

Avvalroq Eyfel minorasi Tramp tufayli yopilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid