Parij şahrining eng diqqatga sazovor joyi – Eyfel minorasi – bir yarim kun taşrif buyuruvçilar uçun yopiq böladi. Bu AQŞ prezidenti Donald Trampning Fransiyaga amaliy taşrifi tufayli yuz beradi.
"Men 13 iyul kuni soat 14:30 da yopilaman. 15 iyul kuni soat 9:00 da esa öz eşiklarimni qayta oçaman", - deyiladi Eyfel minorasining Twitter’dagi sahifasida e'lon qilingan xabarda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi bugun keçqurun Tramplar oilasi bilan Eyfel minorasining ikkinçi qavatida joylaşgan Jules Verne restoranida uçraşadi.
Avvalroq Tramp rafiqasi Melaniya bilan Fransiyaga uçib kelgani haqida xabar berilgandi.












