Toshkent viloyatining turli tumanlarida o‘g‘rilar ushlandi
Toshkent viloyati IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ichki ishlar idoralarining 7-13 iyul kunlari viloyat kesimida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berildi. Xususan, viloyatning bir necha tumanida o‘g‘rilik jinoyatlari fosh etilgani ma'lum qilindi.
5 iyul kuni Yuqorichirchiq tuman IIBga shu tumanda yashovchi K.A. ariza bilan murojaat qilgan. U joriy yilning 2 iyul kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyi oldida qarovsiz qolgan tegishli «Kobalt» rusumli avtoulovidan umumiy narxi taxminan 5 mln so‘mlik 4 ta balonini disklari bilan yechib o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz O.T. va Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, R.M. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Yana bir o‘g‘rilik Yangiyo‘l tumanida sodir etilgan. 7 iyul kuni tuman IIBga Farg‘ona viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz T.G. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida joriy yilning 3 iyun kuni soat 12:30 larda noma'lum shaxs hech kim yo‘qligi va eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan Yangiyo‘l tumani Samarqand ko‘chasida joylashgan “Dehqon bozori” oldida turgan unga tegishli «Neksiya» rusumli avtoulovi salonidan narxi taxminan 1 mln 2 yuz ming so‘m bo‘lgan 1 dona «Samsung Galaxy J1» rusumli uyali aloqa telefonini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, Sh.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
8 iyul kuni Buxoro viloyatida yashovchi X.X. ariza bilan Zangiota tumani IIBga murojaat qilib, joriy yilning 6 iyul kuni soat 07:00 dan 07:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, Zangiota tumani hududida joylashgan «Bek-baraka» savdo kompleksidagi do‘konidan umumiy narxi taxminan 3 mln so‘m bo‘lgan 50 dona erkaklar va bolalar ko‘ylaklarini o‘g‘irlaganini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz J S. va ukasi, shu manzilda yashovchi, vaqtincha ishsiz I.S.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
18:20 / 24.08.2024