Jahon | 08:20 / 14.07.2017
7718
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Asadning hokimiyat tepasidan ketishini istamaydi

Foto: BBC

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, Suriya prezidenti Bashar Asadning prezident lavozimidan ketishi Parij uchun eng muhim shart emas. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.

«Biz Suriyaga nisbatan fransuz doktrinasini o‘zgartirdik. Bizning eng ustuvor vazifamiz – barcha terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish», - degan Fransiya rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv yakuni bo‘yicha.

Makronning ta'kidlashicha, Asadning hokimiyat tepasidan ketishi Fransiya uchun endilikda eng muhim shart hisoblanmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid