O‘zbekiston | 19:30 / 14.07.2017
31922
3 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vazirligi HPBB matbuot anjumani o‘tkazdi

14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi: islohotlar samarasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Matbuot anjumanida IIV HPBB, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Bugungi kunda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish – huquqiy davlatni barpo etish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. 

Anjumanda ishtirok etgan IIV HPBB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Dilshod Akromov joriy yil 16 fevralidan shu kunga qadar 22 marta “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilganini ma'lum qildi. 

Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqaror bo‘lishiga erishish maqsadida 19686 marta muhokamalar o‘tkazilib, 12 648 oiladagi ngotinchliklarga barham berilgan, 5 861 oila ajralib ketishdan saqlab qolingan. 

Akromovning ma'lum qilishicha, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida jami sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  umumiy 6,5 foizga kamaygan. Xususan: 

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (haqorat qilish) bo‘yicha sodir etilgan huquqbuzarliklar 4,9 foizga, 52-moddasi bo‘yicha jinoyatlar (yengil tan jarohati yetkazish) 21,5, 53-moddasi bo‘yicha (sanitariya qonun xujjatlarini buzish) 64,2, 61-moddasi bo‘yicha huquqbuzarlik (oz miqdorda talon-taroj qilish) 20,4, 110-moddasi bo‘yicha (it va mushuk boqish qoidalarini buzish) huquqbuzarlik 21,7 foiz, 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha 10,9, 223-moddasi (pasport tizimi qoidalarini buzish) bo‘yicha 20,5 foiz kamayishiga erishildi. 

Jinoyatchilik umumiy hisobda 8,5 foizga kamaygan. Jumladan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 12,1, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 7,1, o‘ta og‘ir jinoyatlar 16,9 foizga kamaygan.

2017 yilning o‘tgan 6 oy davomida oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan qotillik jinoyatlari 13,7 foiz kamaygan bo‘lsa, bu yo‘nalishdagi og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati 2,2, qasddan o‘rta og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati – 24 foiz, qasddan yengil tan jarohati yetkazish jinoyati – 19,5 foiz kamayishiga erishilgan.

Bundan tashqari, talonchilik 11,8 foizga, bosqinchilik 7,5 foiz, bezorilik 27,5 foiz, nomusga tegish 11,6 foizga kamayishiga erishilgan. 

Mavzuga oid